Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatidan medallar bilan qaytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Malayziyaning Melaka shahrida o‘tkazilgan taekvondo bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Osiyo ochiq chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etib qaytishdi.

Mazkur musobaqada qit’amizning 15 dan ortiq davlatidan sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

5-7 yoshli sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda Dovudbek Abdug‘ofurov - 19 kg, Ibrohim Nig‘monov (7-9 yosh) – 22 kg, Ibrohim Usmonov (9-10 yosh) – 38 kg, Saidmurod Tohirxo‘jaev (9-10 yosh) – 33 kgda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan bo‘lishsa,  Mirakbar Mirobidov (7-9 yosh) – 22 kg ikkinchi o‘rinni band etdi.

Shuningdek, 11-12 yoshli sportchilar o‘rtasida Oybek Abduqodirov ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar termasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!