
Taylandagi xalqaro turnirga boradigan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugundan Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadi
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkentda yig‘iladi va navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy sayti ma’lum qilmoqda.
Unga ko‘ra bosh murabbiy ushbu yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb qildi. Quyida ushbu futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Dilshod Hamroev (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”), Rahimjon Davronov (“Mash’al”);
Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Nodir Yo‘ldoshev (“Paxtakor”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”);
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov (“Nasaf”), Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), Javohir Siddiqov (“Paxtakor”), Jasurbek Yaxshiboev (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), ”), Sharof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”),
Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O‘rinboev (“Paxtakor”), Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”), Andrey Sidorov (“Qo‘qon-1912”).
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 7 dekabrga qadar Toshkent temir yo‘llari muhandislari instituti stadionida mashg‘ulot olib borishadi. Yig‘in davomida esa bitta nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan.
So‘ngra, 7 dekabr kuni Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandning Buriram shahriga yo‘l oladi. U erda vakillarimiz “M150 Cup-2017” xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi. Aytish lozimki, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zolari “B” guruhida Myanma va Vetnam terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar