Tohir Kapadze: Temur Kapadzening milliy terma jamoadagi eng yorqin o‘yinlari Abramov paytida bo‘lgan
Farg‘onaning “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadze “Sport” kanalining “Chempion” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Unda quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Temur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 120 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan. Ushbu vaqt mobaynida Kapadze biror marta ham uchrashuvda nomiga maydonga tushmagan. Har doim bor imkoniyatini ishga solgan. To‘g‘ri, issiq jon, qaysidir payt formada bo‘lmagan paytlari bo‘lgan. Lekin doim kuchining boricha harakat qilardi. Uning terma jamoadagi eng yorqin damlari Vadim Abramov paytida bo‘lgan.
Men o‘g‘lim bilan faxrlanaman. U faoliyati davomida biror marta ham qizil kartochka olmagan. Temur o‘yinlarda raqiblarini xurmat qilgan holda to‘p tepardi. Undan raqiblar yomonlik kutishmagan, - deydi Kapadzening otasi.

Fikrlar