Toshkent Gran-prisining rasmiy posteri e’lon qilindi (foto)
Xabaringiz bor, 9-11 noyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Tokio Olimpiadasiga litsenzion reyting ochkolari o‘ynaladigan joriy turnirda dunyoning eng sara polvonlari bahs olib borishi belgilab qo‘yilgan.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi ushbu musobaqa uchun rasmiy posterni e’lon qildi. Unda musobaqada ishtirok etadigan 4 nafar taniqli dzyudochi tasvirlangan: Sharofiddin Lutfullaev (O‘zbekiston), Urantsetseg Munxbat (jahon chempioni, Mo‘g‘uliston), Rustam Orujev (Olimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi, Ozarbayjon) va Maylinda Kelmendi (Olimpada chempioni, Kosovo).




Fikrlar