Toshkentda engil atletika bo‘yicha Respublika ochiq turniri yakunlandi

CHERY AUTO

 

Tecno

Toshkent shahrida joylashgan Engil atletika markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Grigorevich Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Turnirda sportchilar engil atletikaning 34 ta turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston va Malayziya kabi mamlakatlardan 253 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqa davomida qayd etilgan natijalarni e’tiboringizga havola etamiz:

100 metrga yugurish:
Ayollar: Anna Shimanis
Erkaklar: Sunnat Ismoilov

800 metrga yugurish:
Ayollar: Sevinch Xayriddinova
Erkaklar: Evgeniy Fadeev

Uchxatlab sakrash:
Ayollar: Irina Belova
Erkaklar: Ruslan Kurbanov

400 metrga to‘siqlar osha yugurish:
Ayollar: Svetlana Kuznetsova
Erkaklar: Shoxrux Baratov

Disk uloqtirish:
Ayollar: Svetlana Proshkina
Erkaklar: Ivan Markelov

200 metrga yugurish:
Ayollar: Nigina Sharipova
Erkaklar: Sardor Baxtiyarov

10000 metrga yugurish:
Erkaklar: Zakrillo Mamatqulov

Uzunlikka sakrash:
Ayollar: Anna Shimanis
Erkaklar: Nikita Loginov

5000 metrga yugurish:
Ayollar: Malika Maqsudova
Erkaklar: Shoxrux Davlatov

Balandlikka sakrash:
Ayollar: Nadiya Dusanova
Erkaklar: Dmitriy Melsitov

100 metrga to‘siqlar osha yugurish:
Ayollar: Saida Abdumuminova
Erkaklar: Ergash Normurodov

1500 metrga yugurish:
Ayollar: Mexrangu Nazarova
Erkaklar: Shoxrux Davlatov

Nayza uloqtirish:
Ayollar: Nargiza Qo‘chqorova
Erkaklar: Ivan Zaytsev

Bosqon uloqtirish:
Ayollar: Anastasiya Aslanidu
Erkaklar: Suhrob Xodjaev

400 metrga yugurish:
Ayollar: Nigina Sharipova
Erkaklar: Azizbek Samadov

Yadro uloqtirish:
Ayollar: Elena Smolyanova
Erkaklar: Sergey Dementev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!