
"Tottenxem" - "Barselona" o‘yinini qaysi hakam boshqaradi?
Turning markaziy o‘yini Londonda kechadi. Unda "Tottenxem" "Barselona"ga qarshi bahs olib boradi.
"Uembli" stadionida kechadigan uchrashuvni germaniyalik hakamlar boshqarib borishadi. Bosh hakam Feliks Tsvayer. Unga qanotlarda hamyurtimiz Torsten Shiffner, Marko Axmyullerlar yordam berishadi.
Zaxira hakami Gvido Klefe. Darvoza ortilarida esa Tobias Shtiler va Sasha Shtegemannlar ishlashadi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Fikrlar