"Tottenxem" 2010 yildan buyon ilk marta "Arsenal" maydonida g‘alaba qozondi

  • 20 dekabr, 2018, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha Angliya liga kubogining 1/4 finalida “Tottenxem” safarda “Arsenal”ni 2:0 hisobida engib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, “shporlar” “kanonirlar” maydonida 2010 yildan buyon ilk bor g‘alaba qozonishdi. Ular so‘nggi bor 8 yil muqaddam “Emireyts”da 3:2 hisobida zafar quchishgan edi. Shundan buyon ushbu jamoalar “Emireyts”da 9 marta to‘qnash kelishdi shularning 6 tasida “Arsenal”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, qolgan 3tasida durang qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Tottenxem" endi musobaqaning yarim finalida London shahrining boshqa bir klubi - "Chelsi"ga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!