"Tottenxem" Pavar uchun kurashga qo‘shildi
Germaniyaning “Shtutgart” klubi himoyachisi Benjamen Pavar navbatdagi top klub qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Aniqrog‘i Frantsiya terma jamoasi a’zosi uchun PSJ, “Bavariya” va “Atletiko”ning ortidan “Tottenxem” klubi ham kurash boshladi. Aytish kerakki, Pavarning nemis klubi bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra uni 2019 yilning yozidan boshlab 35 mln evroga sotib olish mumkin. Biroq, yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan jamoalar uni joriy transferlar davridayoq qo‘lga kiritmoqchi ekanliklarini inobatga olsak, futbolchining narxi yanada baland bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Pavar kuni kecha yakunlangan jahon chempionat bahslarida Frantsiya terma jamoasining asosiy himoyachilaridan biri bo‘ldi va jamoasining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.
Fikrlar