"Tottenxem" qaysar darvozabon bilan kelisha olmadi va yangi posbon taklif qiladi

  • 5 dekabr, 2016, 13:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Tottenxem" klubi rahbariyati jamoa posboni Ugo Loris bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Shuning uchun mavsum yakunlangach, frantsiyalik darvozabon boshqa jamoaga ketishi mumkin. Ayni paytda Lorisga bir qator klublar da’vogarlik qilmoqda.
 
"Tottenxem" esa "Sanderlend"ning 22 yoshli darvozaboni Jordan Pikfordni olishni asosiy mo‘ljal qilib oldi. Shuningdek, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga to‘g‘ri kelmagani uchun "Torino"ga ijaraga berib yuborilgan Angliya terma jamoasi asosiy darvozaboni Jo Xart ham "Tottenxem"dan taklif olishi mumkin.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!