"Tottenxem" yozgi transferlar uchun 120 mln funt sarflamoqchi

  • 20 aprel, 2018, 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jiddiy xaridlarni amalga oshirmoqchi.

Tecno

The Independent nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda “shporlar” ustozi  Maurisio Pochettino klub rahbariyatidan transferlar uchun 120 mln funt oladi. Argentinalik mutaxassis esa o‘z navbatida ushbu pullar evaziga Jamol Lascells (“Nyukasl”) va Mateys de Ligt (“Ayaks”) kabi futbolchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda.

“Tottenxem” shuningdek “Kristal Pelas”dan Uilfrid Zaxa va “Vest Bromvich Albion”dan Jey Rodrigeslarni ham ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” yarim himoyachisi Garet Beyl ham yozda “Tottenxem”ga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!