
Totti Balotellini nega urgandi? (video)
"Roma" afsonasi Franchesko Totti 2010 yil nega "Inter" hujumchisi Mario Balotelliga zarba bergani haqida gapirib o‘tdi. Eslatib o‘tish lozimki, o‘sha holatdan so‘ng hakam Tottini maydondan chetlatgan edi.
“Balotelli butun o‘yin davomida barchaning asabiga tegishga urindi. U meni va “Roma” muxlislarini haqorat qildi. Bularning bari oxiri to‘planib meni portlashga majbur qildi. Balotelli uchun kuchli zarba berdim, chunki uning og‘riqni his qilishini xohladim. Ajablanarlisi, o‘sha paytda “Inter”ning birorta futbolchisi ham uning tarafini olib men bilan yoqalashmadi. Men maydondan chiqib ketayotganimda Maykon menga “besh” baho qo‘ydi. Aftidan o‘shanda Balotelli jamoadoshlarining ham joniga tekkan shekilli”, - deydi Totti.
Fikrlar