"Tsementchi"ni kimlar tark etdi, kimlar keldi?
Xabaringiz bor Quvasoyning "Tsementchi" jamoasi birinchi davrani eng yakin ta’kibchisidan 6 ochko farq bilan peshqadam sifatida yakunlashga erishdi. Jamoa o‘tkazilgan 17 ta uchrashuvdan 2 tasida mag‘lubiyat, 2 tasida durang qayd etgan bo‘lsa, 13 ta uchrashuvni o‘z foydasiga xal eta oldi. Bundan tashqari, jamoa ko‘plab jabxada birinchi davraning "eng yaxshi" jamosiga aylandi.
Statistikaga murojaat qiladigan bo‘lsak "Tsementchi" birinchi davrada kuyidagi aytishga arzirli natijalarni kayt etdi:
Musobakaning
Eng kam mag‘lub bulgan jamoasi - 2 ta
Eng ko‘p g‘alaba kozongan jamoa -13 ta
Uyida umuman mag‘lub bo‘lmagan jamoa
Safarda eng kam mag‘lub bo‘lgan jamoa -2 marta
O‘z darvozasidan eng kam to‘p olib chiqqan jamoa - 13 ta
Eng ko‘p gol kiritgan jamoa - 44 ta
"Safar uchrashuvlarida eng ko‘p to‘p kiritgan jamoa - 17 ta
Uyda ham, safarda ham "Eng ko‘p ochkoni qo‘lga kiritgan jamoa - 22/19,
Bir uchrashuvda bir futbolchi tomonidan 4 ta gol kiritgan ya’ni "Poker kayd etgan yagona jamoa",
O‘z uyida eng ko‘p muxlis to‘plagan jamoa - 19330
Eng ko‘p yirik hisob qayd etgan jamoa - 5 marta
Eng yirik xisob qayd etgan jamoa - 10-0
Eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya kayd etgan jamoa -9 ta
Eng ko‘p darvozasining daxlsizligini saklab qolgan jamoa -10 marta va xokazo...
Birinchi davrada jamoa yuqoridagi kabi ajoyib natijalarni qayd etgan bo‘lsada, shu bilan birga ba’zi bir kichik kamchiliklarga ham yo‘l ko‘ydilar. Shu munosabati bilan, murabbiylar shtabi davralar oralig‘idagi tanaffusdan foydalangan xolda, tarkibda ba’zi bir o‘zgarishlarga ko‘l urdilar. Ya’ni bir kator futbolchiilar bilan o‘zaro do‘stona xayrlashildi va ularning o‘rniga munosib nomzodlar taklif qilindi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Tsementchi"ni kimlar tark etdi va qaerga:
1. Dilmurod Mamayusupov - "UzDongJu"
2. Umidjon Matmusaev - "Mash’al"
3. Nodir Ibragimov - "Zomin"
4. Shoxjaxon Abbosov - "Norin"
5. Fayzullo Jumankuziev - "Norin"
6. Sirojjon Toshpo‘latov - "Metallurg"
7. Anvar Abdulxakov - "Neftchi"
8. Jaxongir Yusufjonov - "Farovon"
9. Zokirjon Nurmatov - "Yozyovon lochinlari"
10. Raxmatilla Mirzaaxmatov - "Bunyodkor" yoshlari
11. Mashxurbek G‘ulomov
Jamoaga yangi kelib kushilgan futbolchilar:
1. Farrux Turdaliev - "Xotira-79"
2. Jamshid Kobulov - "Neftchi"
3. Aybek Nurboev - "Xorazm"
4. Shahzod Abduraximov - "Mash’al"
5. Sunnatilla Ermatov - "Obod"
6. Rustam Solijonov - "Neftchi"
7. Daniel Nasriddinov - "Obod"

Fikrlar