Turkmaniston - O‘zbekiston o‘yinini qaysi hakam boshqaradi?

Dubaydagi "Maktum bin Rashid" stadionida kechadigan uchrashuvni mahalliy hakam Ammar Al Jenaibi boshqarib boradi.

38 yoshli referi 2011 yildan buyon FIFA hakami sifatida faoliyat olib bormoqda. U 2016 yil Bahraynda o‘tgan yoshlar (U-19) o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida Avstraliya hamda O‘zbekiston  jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib borgan.

3:2 hisobida bizning foydamizga hal bo‘lgan uchrashuvda Birlashgan arab amirligilik hakam futbolchilarimizni 3 bor ogohlantirib, 1 bor qizil kartochka ko‘rsatgan va 2 marta bizning darvozamiz tomon penalti belgilagan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдул
12/01/2019 11:11
Иплос судя эканку бу қоравай
Ronaldo Junior
12/01/2019 21:38
Qo`shnilar o`rtasidagi o`yin halol o`tsin