U-20 Osiyo chempionati. O‘zbekiston U-20 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi - Mo‘g‘uliston
Bugun futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatining guruh bosqich so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Qatar yoshlarini 7:4 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Xose Mariya Pazos Mendez shogirdlari 10 ochko bilan guruhni birinchi pog‘onada yakunladi.
O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endi vakillarimiz chorak finalda Mo‘g‘uliston U-20 terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mo‘g‘ulistonliklar "D" guruhida 7 ochko bilan Eron yoshlaridan keyin ikkinchi o‘rinni band etishdi.
Mo‘g‘ulistonga qarshi o‘yin 22 may kuni 17:00da bo‘lib o‘tadi.
U-20 Osiyo chempionati
Chorak final
"Hua Mark Indoor Stadium"
22.05.2017, 17:00
O‘zbekiston U-20 - Mo‘g‘uliston U-20
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Chorak finalda g‘alaba qozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo‘l oladi. Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun ham uchrashuv o‘tkaziladi.

Fikrlar