UEFA Evropa chempionlar ligasida "Barselona" g‘olib chiqishini e’lon qildi

  • 14 fevral, 2017, 09:08
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
 

UEFA Evropa chempionlar ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning o‘yinlari va ko‘rsatayotgan natijalarini o‘rganib chiqib, yakunda qaysi jamoa g‘olib chiqishini oldindan aniqlashi an’anaga aylanib bormoqda. Evropadafutbolni rivojlantirishga mas’ul bu tashkilot o‘tgan mavsumda "Real" chempionlar ligasida g‘olib bo‘lishini oldindan topgan edi.

UEFAda tadqiqot o‘tkazayotgan mutaxassislar joriy mavsumda Evropa klublarining eng nfuzli sovrini "Barselona"ga nasib etishini bashorat qilishmoqda. Tadqiqotlarda asosiy e’tibor "Barselona"ning bosh sovrin uchun raqobatchilari guruh bahslarida ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi 11 yil davomida pley-offga ikkinchi o‘rindan chiqqan jamoalar orasida faqatgina "Inter" 2010 yilda bosh sovringa ega chiqqan.

Shuningdek, so‘nggi 19 mavsum davomida avval Evropa chempionlar ligasida zafar quchmagan birgina jamoa bosh sovringa ega chiqqan. 2012 yili "Chelsi" ana shu natijaga erishgan.

Bu yilgi pley-off ishtirokchilari orasida guruhda ikkinchi o‘rinni olganlar va ilgari sovrinni qo‘lga kiritmagan jamoalarning ko‘pligi "Barselona"ning bosh sovringa da’vogarlar o‘rtasida peshqadamga aylantirmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!