
UEFA VAR tizimi borasida bir qarorga keldi
UEFA VAR tizimini qachon EChL, Evropa ligasi va Millatlar ligasida yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.
Tashkilot ijroqo‘mitasi VAR tizimini Evropa chempionlar ligasining 2019-2020 futbol mavsumining pley-off bosqichida ish boshlashini ma’lum qildi.
Joriy tizim, EVRO-2020 hamda Evropa ligasida 2020 yildan qo‘llanilishi boshlanadi. Shu qatori, Millat ligasi-2021 final uchrashuvida ham hakamlar VAR tizimi yordamida ish olib borishadi.
- Ishonchim komilki, 2019 yilga qadar biz VAR tizimini to‘laqonli ishlata oladigan bazani yarata olamiz, - dedi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin.
Fikrlar