UFCda yilning eng yaxshi jangchisi ma’lum qilindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalarida UFC chempioni Daniel Korme ESPN talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi jangchisi deb topildi.

39 yoshli amerikalik jangchi joriy yilda 3 ta jang o‘tkazdi. Yanvar oyida Daniel ikkinchi raundda Volkan Ozdemirni texnik nokautga uchratib, yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qildi.

Iyulda Korme birinchi raundda og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari sohibini nokautga uchratib, ikki vaznda jahon chempioniga aylandi. So‘nggi uchinchi jang erkin kurash bo‘yicha Olimpiada-2012 ishtirokchisi og‘ir vaznda chempionlik kamariga da’vogar Derrik Lyuisni ikkinchi raundda mag‘lub qilib, kamarni himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!