US Open. Ayollar o‘rtsidagi bahslarda finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Ayni kunlarda AQShning Nyu-York shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "US Open" turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 50 400 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslarida kecha oqshom(bizning vaqt bilan bugun erta tongda) yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Ilgaririq yarim finalda faqat aqshlik tennischilar qolgani haqida xabar bergan edik.
Sloan Stivens Vinus Uilyamsdan 6:1, 0:6, 7:5 hisobida ustun keldi va ilk finalchiga aylandi.
Medison Kis esa 1 soat 6 daqiqa ichida Koko Vandevegeni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etdi va u ham finalga yo‘l oldi.

Fikrlar