Ueyn Runining “MYu”dagi davri tugadi!

  • 4 fevral, 2017, 11:36
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Manchester Yunayted” jamoasi sobqi futbolchisi Pol Ingsning aytishicha, klub sardori Ueyn Runining “MYu”dagi davri tugadi. Shunga qaramay, Ins 31 yoshli futbolchiga AQSh yoki Xitoyga yo‘l olishni tavsiya qilmayapti.

“Runi 31 yoshda va u hamon har bir o‘yinda maydonga tushishni istaydi. Lekin uning “MYu”dagi davri tugadi. Men bunday vaziyatga tushib qolganimda, “MYu”da qolmasdim. Jamoa unga bundan ortig‘ini bera olmaydi, shuningdek, uni zaxirada olib o‘tirish ham yaramaydi. Bunday paytda ketish kerak. Ueynga Xitoy va AQShdan taklif bo‘lgani haqida xabarlar bor. Biroq u Angliyada qolishi kerak”, – dedi Ins.

Joriy mavsumda Ueyn Runi Angliya chempionatining 17 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!