
Umid Ahmadjonov Shayx Salmonni kutib oldi
Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»da ushbu martabali mehmonni O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi. OFK prezidentining tashrifidan maqsad, OFK Ijroqo‘mining Toshkentda birinchi marotaba o‘tkazilayotgan ytg‘ilishida ishtirok etishdir.
26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yig‘ilishga mezbonlik qiladi. Bugun shuningdek, yurtimizga OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham etib kelgan xaqida xabar berib o‘tgan edik.
Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilayotganini alohida e’tirof etish kerak. OFK Ijroqo‘mining navbatdagi yig‘ilishining aynan yurtimizda o‘tkazilishi, OFK hamda O‘FA o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo‘lida navbatdagi qadam vazifasini o‘tab beradi.
Yig‘ilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida o‘tkaziladi.
Fikrlar