Umtiti: "Lion"ga qarshi o‘ynamoqchiman
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti tez orada maydonga tushishini aytdi.
“Men “Lion”ga qarshi o‘yinda ishtirok etish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilyapman. Men yana “Stad de Lion”da o‘ynashni va “Lion” muxlislarini ko‘rishni xohlayman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Lion" - "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 19 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Umtiti “Barselona” safiga 2017 yil aynan “Lion”dan kelib qo‘shilgan edi. U noyabr oyidan buyon jarohati sabab maydonga tusha olmay kelmoqda.
Fikrlar