
Useyn Boltning futboldagi ilk rasmiy jamoasi qaysi bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Bundan avval yamaykalik mashhur sprinter Useyn Boltning futbolchilik faoliyatini boshlab yuborgani haqida xabarlar berilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra 32 yoshli atlet ayni damda Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" klubi safida ko‘rikdan o‘tmoqda. Bolt 6 hafta davomida ushbu klub safida ko‘rikda bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘zaro shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lishgan. Agar Bolt ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, Avstraliya klubi u bilan shartnoma imzolaydi.
E’tiborlisi, futbolchining 70% maoshi klub tomonidan to‘lansa, qolgan 30% Avstraliya futbol federatsiyasi tomonidan to‘lanadi.
Fikrlar