“Uzbek Tigers" - “Astana Arlans” o‘rtasidagi superjang SPORTS.uz ob’ektivida

CHERY AUTO

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumining eng kuchli ikki jamoasi - “Uzbek Tigers" va “Astana Arlans Kazakhstan” bokschilari o‘rtasidagi bellashuv ko‘plab boks mutaxassislari va muxlislari e’tiborida turdi.

Tecno
 

Jahon boksida etakchilardan hisoblangan O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari WSB turnirining joriy mavsumida ham sovrinli o‘rinlarga da’vogar hisoblanadi.

“Astana Arlans Kazakhstan” ushbu nufuzli musobaqaning eng tajribali jamoalaridan hisoblanadi va faoliyati davomida ikki marotaba bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilayotgan “Uzbek Tigers" jamoasi dunyoning eng kuchli boks maktablari vakillari qatnashayotgan bu turnirga o‘tgan yili qo‘shildi va yarim finalga etib bordi.

“Uzbek Tigers" bokschilarining bu yilgi janglari muxlisu mutaxassislarimizga manzur bo‘lmoqda. Ayniqsa, joriy mavsumda umuman mag‘lubiyatga uchramagan “Astana Arlans Kazakhstan” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda "O‘zbek yo‘lbarslari" qo‘lga kiritgan natija bokschilarimizning yuqori salohiyati va imkoniyatidan dalolat beradi.

O‘zbekistonlik boks muxlislari SPORTS.uz axborot portali tayyorlagan video va foto reportajlari orqali “Uzbek Tigers" va “Astana Arlans Kazakhstan” jamoalari bahsini bafurcha tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

SPORTS.uz axborot portali O‘zbekiston boks federatsiyasi bilan hamkorlikda "Uzbek Tigers"jamoasi faoliyatini keng yoritishda davom etadi. Saytimiz "Uzbek Tigers" jamoasining uy uchrashuvlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri videotranslyatsiya qilishni yo‘lga qo‘ydi.

SPORTS.uz saytini kuzatib boring va barcha yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘ling!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!