
“Uzbek Tigers” va chorak final ishtirokchilari janglari WSB nigohida (video)
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida guruh bahslarini muvaffaqiyatli yakunlagan sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi.
- Hasanboy Do‘smatov boshchiligidagi “Uzbek Tigers” chorak finalda o‘ta kuchli raqib bilan jang qiladi
Chorak finalda quyidagi jamoalar o‘zaro kuch sinashadi:
“Uzbek Tigers” - “Cuba Domadores”
“France Fighting Roosters” - “British Lionhearts”
"Patriot boxing team" - “Astana Arlans”
“Italia Thunder” - “Colombia heroicos”
Nomi birinchi ko‘rsatilgan jamoalar dastlabki uchrashuvga mezbonlik qiladi. Javob bahslari bir haftadan so‘ng raqib jamoa mamlakatida bo‘ladi.
WSB turniri tashkilotchilari chorak finalda qatnashadigan jamoalar haqida rolik tayyorladi. Ushbu rolikni SPORTS.uz axborot portalida tomosha qiling.
"Uzbek Tigers" jamoasiga oid eng qaynoq xabar, foto va video materiallarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring.
SPORTS.uz
Fikrlar