"Valensiya" "Atletiko" hujumchisini tarkibga qo‘shib oldi

  • 14 avgust, 2018, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Valensiya” klubi “Atletiko” hujumchisi Kevin Gameyro bilan kelishuvga erishgani ma’lum qildi.

Gameyro “Atletiko”ga 2016 yil “Sevilya”dan o‘tgan edi va shu vaqtga qadar madridliklar safida barcha turnirlarda 82 o‘yinda 27 golga mualliflik qilgan.

Hozircha 31 yoshli frantsiyalik futbolchining shartnoma shartlari va transfer narxi haqida ma’lumotlar oshqor qilinmayotir.

O‘tgan hafta “Valensiya” tarkibni Belgiya terma jamoasi a’zosi Mishi Batshuayi bilan to‘ldirgan. Jamoa uni “Chelsi”dan ijaraga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!