
"Valensiya" Gedeshga fantastik baho belgiladi
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "ko‘rshapalaklar" bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Uning tovon puli esa 300 mln evro etib belgilandi.
21 yoshli futbolchining "Valensiya"ga transferi esa 40 mln evro deb baholanmoqda. Ma’lumot uchun, Gedesh o‘tgan mavsum ispan klubi safida ijarada to‘p surgan va 38 uchrashuvda 6 ta gol kiritib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar