"Valensiya"ning ishtahasi karnay
“Valensiya” bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral jamoa hujumchi Rodrigo Morenoni “Real”ga 120 million evrodan kamiga sotmasligini aytdi.
“Rodrigoning shartnomasida uni 120 millionga sotib olish bandi kiritilgan. Uni sotib olish istagini bildirgan har qanday klub ushbu mablag‘ni to‘lashi lozim. Agar biz 120 million oladigan bo‘lsak, u holda futbolchini ushlab tura olmaymiz”, - deydi Toral.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 27 yoshli futbolchining xizmatlariga shaxsan “Real” ustozi Xulen Lopetegi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar