"Valyadolid" prezidenti: "Barselona"ning e’tirozlarini tushunaman
"Valyadolid" klubi prezidenti Karlos Suares kecha "Barselona"ga (0:1) qarshi o‘yinda maydonning holati bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Maysani o‘zgartira olamizmi, ochig‘i bilmayman. Biz maydon ajoyib bo‘lishiga umid qilgan edik, lekin amalda teskarisi bo‘ldi. Men bu masalada La Ligani ayblamayman, barcha ayb o‘zimizda. Agar bizni jazolashsa, bu haqli jazo bo‘ladi.
Qolaversa, men “Barselona”ning bu boradagi e’tirozlarini tushunib turibman”, - deydi Suares.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” maydonni holati bo‘yicha La Ligaga shikoyat qilgan va o‘z navbatida tashkilot buning uchun "Valyadolid"ni jazolashini aytgan.

Fikrlar