Venger: Meni oldinda nimalar kutayotganini bilaman
Xabaringiz bor kecha Angliya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” va “Arsenal” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. O‘yin kutilmaganda “kanonirlar”ning 3:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Uchrashuvdan so‘ng “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger o‘zining jamoadagi kelajagiga nuqta qo‘yilganligiga sha’ma qildi.
“Men kelajakda nima bo‘lishini bilaman. Tez orada sizlar ham bu borada xabar topasizlar”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng “Arsenal” ochkolari soni 50taligicha qoldi va to‘pchilar musobaqaning 5-o‘rnida borishmoqda. 6-o‘rindagi “Everton” hisobida ham huddi shuncha ochko mavjud.

Fikrlar