Venger mavsum yakunida "Arsenal"ni tark etadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger o‘z lavozimini tark etadi.

68 yoshli frantsiyalik mutaxassis mavsum yakunida London klubini tark etishini ma’lum qildi.

Yaxshilab o‘ylab ko‘rdim va klub rahbariyati bilan uzoq muzokaradan so‘ng ketish vaqti kelganini tushundim. Mavsum yakunida “Arsenal”dagi bosh murabbiylik lavozimimni topshiraman.

– Bu klubga uzoq yillar davomida xizmat qilish men uchun sharaf bo‘ldi. Barcha muxlislar “Arsenal” uchun qayg‘uradi. Men ularni doim yaxshi ko‘rib qolaman, – deyiladi Vengerning arizasida.

Venger “Arsenal”da 1996 yildan beri ishlab keladi. U uch marta klub bilan Angliya chempioni, 7 marta kubok sohibi va 7 marta Superkubogini qo‘lga kiritgan. 3 marta APLda eng yaxshi murabbiy va 4 marta Evropada yil murabbiyi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!