Vera Zvonareva kutilmagan natijani qayd etdi

Rossiyalik tennischi Vera Zvonaryova Moskvada o‘tayotgan "Kreml kubogi"ning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Vera musobaqaning ikkinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkovani 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi "VTB Kreml kubogi"ning yarim finaliga chiqish uchun Zvonaryova latviyalik Anastasiya Sevastova, yoki qozog‘istonlik Yuliya Putintsevaga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!