"Vest Xem" yana ikki futbolchisidan ayrildi, Moyes kadrlar borasida jiddiy muammoga duch kelishi mumkin
Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Manuel Lansini hamda hujumchi Marko Arnautovichlar kutilmaganda jarohat olishdi.
Shundoq ham o‘zining asosiy hujumchisi Endi Kerrollni 3 oyga yo‘qotgan “bolg‘achilar” tarkibida ushbu holatdan so‘ng jiddiy muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
Berilgan xabarlarga qaraganda Lansini belidan jarohat olgan va kamida bir oy jamoasiga yordam bera olmaydi. Arnautovich esa 3 haftaga safdan chiqqan.
Ma’lumot uchun, Lansini joriy mavsum APLda jami 18ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. 19ta uchrashuvda ishtirok etgan Arnautovich hisobida esa 6ta gol hamda 4ta golli uzatma bor.

Fikrlar