"Vest Xem"ning ikki etakchisi jarohat oldi

  • 05.12.2018 22:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Jek Uilsher yana jarohat oldi.

“Bolg‘achilar” ustozi Manuel Pellegrinining jurnalistlarga aytishicha 26 yoshli angliyalik futbolchi mashg‘ulotlar paytida tovonida og‘riq his qilgan. Aynan shu bois ham u kecha APLning 15-turida "Kardiff Siti"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

Shuningdek “Vest Xem” safida kecha hujumchi Marko Arnautovich ham jarohat oldi. Tez orada londonliklar har ikkala futbolchining jarohati borasida aniq ma’lumotlarni e’lon qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!