Vidal "Barselona"da Inestaning raqamini olishi mumkin
"Barselona" klubining yangi a’zosi Arturo Vidal yangi mavsumda kataloniyaliklar afsonasi Andres Inestaning raqamida to‘p surishi mumkin.
Unga ko‘ra ayni damda Inesta o‘ynagan 8-raqamdan tashqari shuningdek 7-, 12-, 15-, 16-, 19- va 22-raqamlar ham bo‘sh turibdi va Vidal bugan o‘zi uchun ushbu raqamlardan birini tanlaydi.
Ta’kidlash lozimki, 31 yoshli futbolchi faoliyati davomida 9- hamda 23-raqamlarda o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 8-raqam "Barselona"ga o‘tishi kutilayotgan Pol Pogbaga va’da qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar