
Vidal: Jordi Alba va Luis Enrikening munosabatlari hamisha yaxshi bo‘lmagan
"Barselona" himoyachisi Aleysh Vidal nega Luis Enrike Jordi Albani Ispaniya terma jamoasiga chaqirmayotgani sababini aytdi.
“Luis Enrike – kuchli xarakterli inson. U bilan ishlash boshida qiyin tuyulishi mumkin, ammo u ajoyib mutaxassis. U bilan birga ishlagan paytlarimda ruhan ezilardim, biroq bir kuni u menga ishonganini va asosiy tarkibda o‘ynashimni aytgandi.
Albaga keladigan bo‘lsak, u va Luis Enrike o‘rtasida hamisha mojarolar bo‘lib kelgan, ularning munosabatlari yaxshi bo‘lmagan. Lekin, shunga qaramay Jordi Ispaniyaning eng kuchli chap qanot himoyachisi hisoblanadi”, - deydi Vidal.
Fikrlar