Villian Londonni Manchesterga almashtirishi mumkin

  • 13.02.2017 18:21
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliyaning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villian faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, braziliyalik xavbek jamoani tark etishi mumkin. Villian londonliklar ustozi Antonio Kontening taktikasiga har doim ham to‘g‘ri kelmayapti. Shuning uchun futbolchi yozda klubini o‘zgartirishi mumkin.

Villianga “Manchester Yunayted” asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Uning xizmatlariga Joze Mourino ehtiyoj sezmoqda. Xabarlarga qaraganda, mankunianliklar Villian uchun 40 million funt sterling berishga tayyorliklarini bildirib o‘tishgan. Lekin “ko‘klar” xavbekni qo‘yib yuborishni istashmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!