Vodiy derbisi: “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” o‘zaro o‘yinlar tarixidan

  • 29 mart, 2018, 08:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Superliga 4-tur doirasida “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati vodiy derbisiga oid statistik ma’lumotlarni taqdim qildi.

O‘zaro o‘yinlar

“Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” klublari shu kungacha 24 bor kuch sinashishgan. 5 ta uchrashuvda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. “Navbahor” 15 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 4 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 50-27. “Navbahor” o‘zaro o‘yinlarda 49 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” esa 19 ochkoni qo‘lga kiritgan.

“Qo‘qon-1912” maydonida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

21.10.2017  «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 2:0
01.10.2016 «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 1:1
31.05.2015  «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 0:1
23.08.2003 «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 1:2
09.11.2002 «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 1:0
22.06.2000 «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» 1:4

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida o‘tkazgan 11 ta o‘yinning beshtasida g‘olib chiqqan. Uchta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo‘lib olishgan.

Qo‘qondagi so‘nggi uchrashuv

Ushbu jamoalarining oxirgi o‘yini 2017 yilgi chempionatning  25-turda  Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘yin edi.  Shiddatli va keskin kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.

Hakamlar guruhi

31 mart  kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan  “Qo‘qon-1912” – “Navbahor ” uchrashuvini Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘lishdi. Ushbu hakam o‘tgan yili ham “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvini boshqargan.

Superliga, 4-tur

“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”

Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent)

Nazoratchi: R.Aytekov (Toshkent)

Komissar: M. Saidqosimov

Boshlanish vaqti

Mazkur uchrashuv shanba kuni soat 18:00da “Markaziy” stadionida start oladi. 30 mart kuni esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari Uchko‘prikdagi “Markaziy” stadionda maydonga tushishadi. Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!