Vrsalko: Ehtimol, Angliya bizga etarlicha baho bera olmadi
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Shime Vrsalko Angliyaga qarshi (2:1) kechgan JCh–2018 yarim final o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
“O‘yin qiyin kechdi, ko‘p kuch sarflandi. Angliya gol urganidan keyin o‘yinga qaytish oson bo‘lmadi, ammo biz buni uddaladik. Ehtimol, Angliya bizga etarlicha baho bera olmadi, lekin biz maydonda o‘zimizni ko‘rsata oldik. Bu eng asosiysi”, – dedi Vrsalko.
JCh–2018 finalida Xorvatiya terma jamoasi Frantsiya bilan to‘qnash keladi. Bellashuv 15 iyul kuni Moskva shahridagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar