WSB: Isroil Madrimov haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi
Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” sport majmuasi Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvlarga mezbonlik qildi. Unga “Uzbek Tigers” jamoasi “Astana Arlans” bokschilariga qarshi ringga chiqib, 4:1 hisobida zafar quchishdi.
Shundan so‘ng an’anaga ko‘ra, WSB o‘zining rasmiy tvitter sahifasida haftaning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, hamyurtimiz Isroil Madrimov (75 kg) jami ovozlarning 76% jamg‘arib, haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Kuchli uchlikda shuningdek, “Colombia Heroicos” a’zosi De Los Santos Nunez (18%) va “Cuba Domadores” vakili Estrada Iglasias 6% o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Tigers” a’zolaridan avvalroq Hasanboy Do‘smatov va Shahram G‘iyosov ham haftaning eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi.

Fikrlar