Xabib Nurmagomedovga gonorari qaytarildi, biroq hammasi emas

CHERY AUTO

Nevada shtati atletik komissiyasi rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor bilan bo‘lgan jang uchun gonorarning yarmini qaytardi, deya xabar berdi MMAJunkie nashri. Biroq har ikki jangchining vaqtinchalik diskvalifikatsiyasi komissiyaning keyingi 10 dekabr kuni bo‘ladigan yig‘ilishiga qadar uzaytirilgan edi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, UFC turniridagi jangdan so‘ng Nurmagomedov oktagondan oshib o‘tib, Makgregor jamoasi vakillariga hujum qilgan. Rossiyalik sportchi irlandiyalik sportchining jiu-jitsu bo‘yicha ustozi bilan mushtlashgan. Bu vaqtda esa Xabib jamoasidagi bir nechta jangchilar oktagonga kirib, Makgregorga hujum qilgan.

Bu to‘qnashuvga qadar irlandiyalik jangchi raqibi va uning oilasini bir necha marta haqorat qilgan. Bundan tashqari Konor Nurmagomedovning millatiga va diniga nisbatan hurmatsizlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!