Xalqaro dzyudo federatsiyasi qoidalarga katta o‘zgartirish kiritdi

CHERY AUTO

Ma’lumki, Xalqaro dzyudo federatsiyasi har Olimpiya o‘yinlaridan keyin dzyudoning qonun-qoidalariga katta o‘zgartirishlar kiritadi. Ayni damda Ozarbayjonda xalqaro federatsiya hakamlar va murabbiylar bilan seminar tashkil etmoqda. Ushbu yig‘ilish davomida navbatdagi 4 yillik uchun dzyudoning qoidalari tasdiqlandi. Ayni damda e’tiboringizga kiritilgan katta o‘zgarishlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Birinchidan, bahs jarayonida amalga oshirilgan tashlash uchun beriladigan 1 baho, yuko bekor qilindi. Endilikda  bajarilgan usullar uchun faqatgina vaza-ari yoki ippon baholari berilishi mumkin. Ikkinchidan, avvallari ikkita vaza-ari bir ipponga teng edi. Endi esa dzyudochi nechta vazaari olsa ham, ipponga teng bo‘la olmaydi. Uchinchidan, yaqin yillardagi qoidaga ko‘ra, bahs davomida 4 ta shido olgan dzyudochiga xansoku-make, ya’ni qizil kartochka berilib, texnik mag‘lubiyat yozilar edi. Yangi qoidaga muvofiq, bahs davomida 3ta shido olgan dzyudochi uchun bellashuv muddatidan avval yakunlanadi.  To‘rtinchidan, odatda, dzyudochilar kurashi davomida raqib kimanosidan bir yoqlama ushlagani uchun shido berilar edi (eski qoidaga ko‘ra, bir yoqlama ushlash holati bo‘ldimi, dzyudochi shu zahoti usul bajarishi shart bo‘lgan). Xansoku uchun beriladigan shidolar qisqartirilgani uchun endilikda mana shu ushlash holatiga ruxsat berildi.

Dzyudo muxlislari uchun eng e’tiborli jihatlari mana shulardan iborat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!