Xames "Bavariya"da qolmoqchi emas
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges mavsum yakunlangach “Bavariya”dan ketmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar Xamesni 2017 yil “Real”dan ikki mavsumga ijaraga olishgan edi. Biroq, nemis grandi ushbu muddat yakunlangach futbolchini 40 mln evro evaziga to‘liq sotib olish huquqi mavjud.
Bundan avvalroq Xamesning otasi uning yana Ispaniyaga qaytishi mumkinligi haqida aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Xames Rodriges joriy mavsum “Bavariya” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Unga “Yuventus”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar mavjud.



Fikrlar