Xames Rodriges uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi

  • 1 dekabr, 2018, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni “Bavariya”da o‘tkazayotgan yarim himoyachi Xames Rodriges yozda “Real”ga qaytadi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli kolumbiyalik futbolchini qaytib kelishi bilan transferga qo‘yadi. E’tiborlisi, uning uchun kurash olib borayotgan “Yuventus” va “Barselona” qatoriga endi “Liverpul” ham qo‘shildi. Mersisaydliklar esa uning uchun “Real”ga 50 mln evro to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!