Xames Rodriges yana "Real"ga qaytmoqchi

  • 22 noyabr, 2018, 18:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi ikki mavsumdan buyon “Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan yarim himoyachi Xames Rodriges yana “Real”ga qaytmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra o‘tgan mavsum nemis grandini Yupp Xaynkes boshqargan va bu kolumbiyalik futbolchiga maqul kelgan edi. Biroq, bu mavsum jamoaga Niko Kovach kelgach voqealar rivoji o‘zgargan. Xorvatiyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘p surish esa Xamesga yoqmayapti.

Aytish lozimki, Xamesning “Bavariya”dagi ijara muddati 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng “Real”ga qaytmoqchi. Biroq, bu holatda barchasi “Bavariya”ga bog‘liq bo‘lib qoladi. Chunki, myunxenliklarda uning transferini to‘liq sotib olish huquqiga egalar.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum Bundesligada jami 8ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!