Xitoyliklar Tevesni dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylantirdi
Argentinalik hujumchi Karlos Teves Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylandi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha Teves Xitoy klubida haftasiga 615 ming funt sterling miqdorida maosh oladi.
E’tiborlisi, Teves bu ko‘rsatkich borasida “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduni (365 ming funt) ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylandi. “Shanxay Shenxua” bosh murabbiyi Gustavo Poyetning so‘zlariga ko‘ra, Tevesning kelishi uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi ushbu mavsum Argentina chempionatida 10ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 4ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar