Xorazmlik yosh bokschilarga mahorat saboqlari o‘tkazildi

  • 15.06.2018 12:35
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi kunda O‘zbekiston boks maktabi dunyoga o‘zining iste’dodli bokschilarini tarbiyalashi va ularning yuqori natijalarga erishishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligi bilan tanilgan.

Ana shunday imkoniyatlardan biri Xorazm viloyatida yaratildi. O‘zbekiston boks federatsiyasining Xorazm bo‘limi tomonidan viloyatdagi Amir Temur bog‘ida yosh bokschilarga mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad navqiron avlodning Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan boks sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdir.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!