
Xordi Alba "Barselona"dan ketmoqchi
“Barselona” klubi himoyachisi Xordi Alba faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Don Balon nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ispaniyalik futbolchiga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda.
28 yoshli futbolchi agarda, jamoa boshqaruvi, Luis Enrikening yordamchisi Xuan Karlos Unsuega topshiriladigan bo‘lsa, kataloniyaliklar safini tark etishini ma’lum qilgan. Ayni shu holatdan esa “shaharliklar” foydalanib qolishni mo‘ljallashayapti.
Qayd etish joiz, Xordi Albaning Kataloniya klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar