
Xorxe Sampaoli: Messi futbolni daholarcha ko‘ra oladi
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli xujumchi Lionel Messining jamoadagi o‘rni haqida aytib o‘tdi.
- Leo jamoaga sodiqligi bilan ajralib turadi, u uchrashuvdagi natija va harakat uchun tashvishlanadigan insonlardan biridir. Messi futbolni daholarcha ko‘ra oladi va biz e’tibor bermagan vaziyatlarga u diqqat qaratishimizni so‘raydi. Albatta, Messi kabi yuqori darajada o‘yin ko‘rsatish biz uchun mushkul va biroq butun jamoa u kabi o‘ynash uchun bor kuchini sarflaydi.
Bizning asosiy maqsadimiz maydonda to‘g‘ri vaqtda Leoga to‘pni uzatib berishdir. Ishonchim komilki, Frantsiya terma jamoasida Messini zararsizlantirish rejasi mavjud, biroq biz ham qarab turmaymiz.
Tan olish lozim, Argentina termasi safida koinotning eng zo‘r futbolchisi to‘p tepadi. Biroq terma jamoa tarkibida raqibga muammo keltira oladigan boshqa futbolchilar ham bor, - deya Sampaolining so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Ma’lumot uchun, Frantsiya - Argentina uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar