
"Xumo Arena" muz saroyi qurilishidan fotoreportaj
Ko‘p tarmoqli “Xumo Arena” muz saroyining bosh arenasi qishki sport turlaridan bo‘lmish xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga ushbu arenada sportning basketbol, voleybol, gandbol, futzal, qolaversa boks va taekvondo yo‘nalishlari bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazish mumkin.
Ayni kunlarda muz saroyida so‘nggi pardozlash hamda jihozlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada hamyurtlarimiz ushbu ajoyib inshoot imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishsa, ne ajab!
Fikrlar