Yana bir afsona Gollandiya terma jamoasini tark etdi (FOTO)

  • 07.09.2018 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder kecha Peruga (2:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Tecno

34 yoshli “Al-Garafa” futbolchisi maydonda 62 daqiqa harakat qildi. E’tiborlisi, ushbu bahs Sneyder uchun Gollandiya terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuv bo‘ldi.

DmcPH_8XgAIjZFC.jpg

Ma’lumot uchun, Sneyder Gollandiya termasi safida 2003 yil 18 yoshida debyut qilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoasi bilan birga 2004 yil Evropa chempionati bronza medalini, 2010 yilgi jahon chempionatida kumush medalni va 2014 yilgi mundialda bronza medalni qo‘lga kiritdi.

DmcPIBGWsAAjfUo.jpg

U Gollandiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi – 134ta. Sneyder ushbu bahslarda raqiblari darvozasini 31 marta ishg‘ol etgan.

DmcPIBxX0AE_B6G.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!